
Prevyu. "Qo‘qon-1912" - "Neftchi"
Superliganing navbatdagi 17-tur bellashuvini "Neftchi" safarda, Farg‘ona viloyatining yana bir vakili "Qo‘qon-1912" klubiga qarshi o‘tkazadi.
"Neftchi" matbuot xizmati o‘yin oldida statistik ma’lumotlarni taqdim qildi. Farg‘onaliklar qo‘qonliklar bilan 31 marta kuch sinashgan. Bularning 6 tasida "Qo‘qon-1912" g‘alaba qozongan, 20 ta uchrashuvda "Neftchi" ustun kelgan va 5 ta bahsda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 39-73 farg‘onaliklar foydasiga. Ushbu o‘zaro qarama-qarshilikda "Neftchi"ning eng yirik g‘alabasi 6:1 ko‘rinishida bo‘lgan. Qo‘qonliklarning eng yirik g‘alabasi 3:1 hisobida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 14 mart kuni "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tgan "Neftchi" - "Qo‘qon-1912" birinchi davra bellashuvi nursiz durang bilan yakunlangan.
Jamoalarning Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari quyidagicha:
02.08.2022.
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 3:3
24.10.2018.
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 2:0
10.05.2018.
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 1:1
26.08.2017.
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 3:1
22.10.16.
"Qo‘qon-1912"-"Neftchi" 2:1
Ma’lumot o‘rnida, Superliganing 17-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Neftchi" bahsini G‘ayrat Jo‘raev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar