Pro liga bahslari qay tarzda davom ettiriladi?

  • 13 avgust, 2020, 22:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Pro ligasi bahslari 3-turdan so‘ng yurtimizda joriy qilingan karantin chora-tadbirlari sabab, 1 avgustga qadar to‘xtatilgan edi. O‘zPFL Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining "Telegram"dagi sahifasida musobaqa qay tarzda davom ettirilishini ma’lum qildi.

Tecno

"Pro liga birinchi davrasi yakuniga 17 ta uchrashuv qolgandi. Ularni 3 qismga bo‘lib, markazlashtirgan holatda o‘tkazish, shularning 15 tasini jonli efirga olib chiqishni rejalashtirgan edik.

Boisi, Pro liga geografiyasi kengroq, Xorazmga qadar cho‘zilgan. Ammo kecha hukumat karantin qoidalari engillashishi, samolyot va poezdlar qatnovi qayta tiklanishi haqida xabar berdi. Shundan kelib chiqib, Pro liga uchrashuvlarini odatdagi rejimda qoldirdik. Endi futbolchilar avval antitanachalarni aniqlash uchun, keyin esa PTsR testini topshirishlari kerak bo‘ladi. Yaqin kunlarda Pro liga qaysi sanadan qayta tiklanishi aniq bo‘ladi", — dedi Imomxo‘jaev.

Eslatib o‘tamiz, Pro ligada Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi 7 ochko bilan peshqadamlik qilib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!