Pro liga. Bugun 5-turning so‘nggi uchta uchrashi bo‘lib o‘tdi
Pro liganing 5-turidan o‘rin olgan uchta uchrashuv yakunlandi.
Kunning birinchi bellashuvi Qoraqalpog‘istonning “Aral” hamda Farg‘onaning “FarDU” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va bahs qoraqalpoqlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Aral” safida gollarga Mirzabek Daryabaev va Azizbek Bahramov mualliflik qildi.
Ikkinchi uchrashuvda “Respublika FA” va Samarqandning “Kattaqo‘rg‘on” jamoalar o‘zaro bahs olib bordi. Bu bellashuvda samarqandliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Bahsdagi yagona gol 51-daqiqada Giorgi Pantsulaia tomonidan kiritildi.
Turning so‘nggi bahsda Bo‘stonliqning “G‘azalkent” va Qashqadaryoning “Lochin” jamoalari kuch sinashdi. Bu bellashuvda qashqadaryoliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga erishdi. “Lochin” safida gollarni Abduvohid Oxtaev va Asadbek Samariddinov o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
- O'zbekiston - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Respublika
26.04.2026 18:00
Kattaqurgon
- Unknown 51'
- O'zbekiston - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Aral
- Mirzabek Daryabaev 19'
- Bahramov 90'
26.04.2026 17:00
FarDu
- O'zbekiston - Pro Liga
- Joriy Mavsum
Gazalkent
26.04.2026 18:00
Lochin
- Oxtoyev 12'
- Asadbek Samariddinov 64'

Fikrlar