Pro-liga. "Buxoro" ketma-ket 3-o‘yinda ham g‘alaba qozondi
Bundan biroz avval Pro-liganing 3-turidan o‘rin olgan “Olimpik” hamda “Buxoro” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Toshkentda kechgan bellashuv 0:2 hisobida buxoroliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni o‘yindagi gollarni Behzod Shamsiev (4' avtogol) hamda Bobur Qosimov (90+2') kiritdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Buxoro” o‘z hisobidagi ochkolar sonini 9 taga etkazdi va musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib oldi. “Olimpik” esa 4 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar