
Pro liga. "Xorazm" - "Dinamo" uchrashuvi bir kunga kechiktirilishi mumkin. Nega?
Pro liga 3-turidan o‘rin olgan “Xorazm” va “Dinamo” o‘yini bugun — 15 iyul kuni 18:30 da start olishi kerak edi. Mazkur uchrashuv kamida bir kunga kechiktiriladi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Dinamo” klubi kecha — 14 iyul kuni Xorazmga etib kelib, mehmonxonaga joylashdi. Ammo bugun tongda klub futbolchilarini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish zaruriyati paydo bo‘ldi. Futbolchilar sog‘ligi masalasi birinchi o‘rinda ekanidan kelib chiqib, O‘zPFL uchrashuvni kamida bir kunga qoldirish masalasini qo‘llab-quvvatladi", - deyiladi xabarda.
Bugun “Dinamo” futbolchilari tekshiruvdan o‘tadi. Ertaga tushga qadar futbolchilarning holati barqaror deb topilsa, Pro liga 3-turidan o‘rin olgan uchrashuv o‘tkaziladi. Vaziyat nisbatan keskinroq bo‘lsa, mazkur bellashuv avvaldan belgilab qo‘yilgan zaxira kunlaridan birida bo‘lib o‘tadi.
O‘zPFL mazkur ish bo‘yicha barcha yangiliklarni yoritib boradi.
Fikrlar