Pro-ligada ertaga chempion nomi aniq bo‘lishi mumkin (Turnir jadvali)
Pro-liga 23-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Ro‘zimboy Ahmedov tomonidan 4-daqiqada penaltidan kiritilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi.
40 ochkosi bor buxoroliklar ayni vaqtda Pro-liga turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi. 34 ochkosi bor "Xorazm" 4-pog‘onani band etgan.
Bugungi bahsdan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rnish olgan: 
Qayd etish lozim, ertaga "Andijon" - "Turon" bahsida mezbonlar g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chempionlik masalasini hal qiladi.



Fikrlar