
Pro ligada o‘ynaydigan "Buxoro" safiga serbiyalik futbolchi kelib qo‘shildi
"Buxoro" jamoasiga legioner kelib qo‘shildi. 2018-2019 yillar davomida "Qo‘qon-1912" klubida to‘p tepgan Marko Milich bugundan "ko‘hna shaharliklar" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Futbolchilik faoliyatini asosan Serbiya klublarida o‘tkazgan Milich o‘tgan mavsumda Tojikistonning “Istiqlol” jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Fikrlar