
Pro liganing 11-turida hech bir o‘yin efirga uzatilmaydigan bo‘ldi
Ma’lumki, Pro liga uchrashuvlari “Futbol TV” hamda “UzReport” telekanallari orqali jonli efirga uzatib kelinmoqda. Shu bois har bir turda ikkitadan o‘yin efirga olib chiqilayotgandi. Biroq endi vaziyat biroz o‘zgarib qoldi. Bu borada PFL matbuot xizmati shunday yozadi:
“Pro liga 11-tur uchrashuvlari U-23 Osiyo chempionati davom etayotgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Qit’a chempionati translyatsiyasi “UzReport” telekanali tomonidan amalga oshirilayotganidan kelib chiqib, 11-tur bellashuvlarini televidenie orqali jonli efirga olib chiqish rejalashtirilmagan”.
Fikrlar