Pro liganing II bosqich sanalari ma’lum. "Buxoro" bilan "Turon" joy almashdi

  • 13 sentabr, 2022, 13:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha — 12 sentyabr kuni Pro liganing yuqori beshligida kurashni davom ettiruvchi jamoalar o‘z raqiblari ketma-ketligini bilib oldi. Ayni vaqtda barcha uchrashuv sanalariga aniqlik kiritib olindi.

Tecno

Qur’aga ko‘ra, 19-turda «Turon» o‘z maydonida «Buxoro» klubini qabul qilishi kerak edi. Shuningdek, mazkur jamoalar 24-turda ham o‘zaro hisob-kitob qiladi. Rejadan kelib chiqib, O‘zPFL mazkur o‘yinlarda mezbonlar joyini almashtirdi. Boisi, shu yilning 30 oktyabr kuni Buxoro shahri O‘zbekiston Coca-Sola Kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiladi. Final uchrashuviga yaqin sanalarda mazkur stadionda o‘yin o‘tkazish maqsadga muvofiq emas. Shundan kelib chiqib, birinchi navbatda yaypanliklar Buxoroga keladi va 24-turda shuning aksi kuzatiladi.

 

19-tur

24 sentyabr, shanba

MASh’AL — ANDIJON

25 sentyabr, yakshanba

BUXORO — TURON

 

20-tur

4 oktyabr, seshanba

BUXORO — MASh’AL

5 oktyabr, chorshanba

XORAZM — TURON

 

21-tur

10 oktyabr, dushanba

ANDIJON — BUXORO

11 oktyabr, seshanba 

MASh’AL — XORAZM

 

22-tur

16 oktyabr, yakshanba

XORAZM — ANDIJON

17 oktyabr, dushanba

TURON — MASh’AL

 

23-tur

23 oktyabr, yakshanba

BUXORO — XORAZM

24 oktyabr, dushanba 

ANDIJON — TURON

 

24-tur

28 oktyabr, juma

ANDIJON — MASh’AL

29 oktyabr, shanba

TURON — BUXORO

 

25-tur

5 noyabr, shanba

TURON — XORAZM

6 noyabr, yakshanba

MASh’AL — BUXORO

 

26-tur

12 noyabr, shanba

BUXORO — ANDIJON

13 noyabr, yakshanba

XORAZM — MASh’AL

 

27-tur

18 noyabr, juma

ANDIJON — XORAZM

MASh’AL — TURON

 

28-tur

24 noyabr, payshanba

TURON — ANDIJON

XORAZM — BUXORO

O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!