PSJ bilan o‘yinda jarohat olgan Azar "El klasiko"gacha sog‘ayadimi?
EChL doirasida "Real" vakili Eden Azar PSJga qarshi o‘yinni ikkinchi bo‘limida jarohat olib o‘z o‘rnini Garet Beylga bo‘shatib bergandi.
La Sexta nashri jurnalisti Xose Luis Sanchesning ma’lum qilishicha, Azar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va uning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Ammo futbolchi 18 dekabr kuni o‘tadigan "El klasiko"gacha tiklanishi va uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Real" o‘z uyida PSJ bilan bahsda g‘alabani qo‘ldan boy berib, durang qayd etdi.

Fikrlar