
PSJ safida bir daqiqa to‘p surgan futbolchiga ham oltin medal taqdim etiladi
PSJ yarim himoyachisi Xese Rodriges jamoa mamlakat chempionligini qo‘lga kiritganligi ortidan oltin medal oladigan bo‘ldi.
E’tiborli jihati, ispaniyalik xavbek parijliklar safida joriy mavsumda bitta o‘yinda bir daqiqa maydonda harakat qilgan. Shundan so‘ng, u "Sporting"ga ijaraga berib yuborilgan.
Ammo Frantsiya chempionati qoidalariga ko‘ra, mavsum davomida kamida bir daqiqa to‘p surgan futbolchiga ham medal taqdim etiladi, deya xabar bermoqda AS.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Frantsiya birinchi divizioni muddatidan avval yakunlandi.
Fikrlar