PSJ sharmandali mag‘lubiyatga uchradi

  • 13.01.2026 08:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa Chempionlar ligasi, Liga 1 va Frantsiya kubogi musobaqalarining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” mamlakat kubogining 1/16 bosqichida musobaqani tark etadigan bo‘ldi.

Luis Enrique shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida o‘tgan poytaxt derbisida “Parij” klubidan minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Yagona gol Ikone hisobiga yozildi.

Bu mag‘lubiyat poytaxtning ikki jamoasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik tarixida alohida o‘rin egalladi. Chunki PSJ o‘z tarixida ilk bor hamshaharlar oldida ojiz qoldi.

Bunga qadar jamoalar o‘zaro uch marta to‘qnash kelgan edi. Joriy mavsum Frantsiya chempionatining 17-turida Luis Enrique shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozoongan. Yana ikki uchrashuv 1978/1979 yildgi mavsumda bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Frantsiya oliy divizionidagi o‘yinlar durangning har ikkisi 1:1 va 2:2 hisobı durang bilan yakunlangan edi.

Shuningdek, “Parij” jamoasi Frantsiya Kubogining 1/8 finaliga yo‘l oldi, musobaqaning amaldagi sohibi hisoblangan PSJ esa turnirdagi ishtirokini kutilganidan ancha erta yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!