
PSJ va Mauritsio Pochettino kelishuvga erishdi
PSJ Mauritsio Pochettino bilan shartnomani bekor qilishga rozi bo‘ldi.
"RMC Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, frantsuz klubi 50 yoshli mutaxassis va uning xodimlari bilan hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishgan. Endi tomonlar shartnomani bekor qilish uchun ayrim hujjatlarga qo‘l qo‘yishi lozim.
Avvalroq, argentinalik mutaxassis PSJdan 15 million tovon puli hamda maoshdan tashqari 2 million evro olmoqchiligi haqida xabar berilgandi. Shu sababli, uni bo‘shatish biroz kechiktirildi.
Fikrlar