PSJ: "Yakshanba kuni ko‘rishamiz Leo!"

  • 24.06.2025 18:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning PSJ klubi o‘zining sobiq yulduzi — Lionel Messiga murojaat qildi. Seshanba kuni argentinalik afsona 38 yoshni qarshi oldi. Parijliklar rasmiy tarzda uni tabriklab, qiziqarli eslatma qoldirdi:

"Tug‘ilgan kuning bilan, Leo Messi! Yakshanba kuni ko‘rishamiz" — deyiladi Liga 1 grandining xabarnomasida.

Eslatib o‘tamiz, 29 iyun, yakshanba kuni PSJ va "Inter Mayami" jamoalari Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Agar Messi maydonga tushsa, argentinalik hujumchi uchun bu karerasida birinchi marta sobiq jamoasiga qarshi o‘ynash imkoniyati bo‘ladi.

Leo 2021–2023 yillarda PSJ sharafini himoya qilgan, 75 o‘yinda qatnashib, 32 ta gol va 35 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!