PSJ yulduzli tarkibga sig‘magan futbolchisini tezda sotib yubormoqchi

  • 23 avgust, 2021, 19:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonaviy futbolning eng yorqin yulduzlarini o‘zida jamlagan PSJ jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hamma o‘yinchiga ham tarkibda joy topib berolmayapti.

Tecno

Shu bois, klub rahbariyati ayrim futbolchilar bilan xayrlashishni maqsad qilgan. Xususan, parijliklar yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yarim himoyachi Pablo Sarabiyani sotib yubormoqchi. Klub bu haqda 29 yoshli ispaniyalik futbolchini ogohlantirdi.

Sarabiyaning agentlari mijoziga yangi ish joyi qidirmoqda. Ular futbolchining xizmatlari “Milan” va “Sevilya”ga taklif qildi. Tomonlar o‘rtasida muzokara ketmoqda.

PSJ 2024 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ega Sarabiyani 25 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!