
PSJdan ketmasam bo‘lmaydi!
PSJning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi yozda jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi, deb yozmoqda RMC Sport nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, Mauro o‘ziga yangi jamoa topishga ancha qiynaladi. Chunki bugungi kunda katta klublarning birortasi argentinalik yulduzga qiziqayotgani yo‘q. Kamtarroq yoki o‘rtamiyona klublar esa futbolchining maoshini ko‘tara olmaydi.
Ikardiga agentlik qilayotgan rafiqasi Vanda Nara o‘z turmush o‘rtog‘ining kam maoshga to‘p tepishiga yo‘l qo‘ymasligi Mauroning ish topishini yanada qiyinlashtirishi tayin.
Avvalroq, “Yuventus” Ikardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq turinliklar Dushan Vlaxovich transferini uddalaganidan keyin Mauroni Turinga boshlaydigan yo‘llar yopildi.
Ikardi joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 23 ta o‘yinda atigi to‘rtta gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar