"PSJga Messidan ham kerakliroq futbolchi bor"
PSJ klubi sharafini 1997-2001 yillar mobaynida himoya qilgan Erik Rabesandratana jamoaning kelajakdagi rivojlanishi uchun qaysi futbolchi muhimroq ekanligini aytib o‘tdi:
"Men agar PSJ rahbari bo‘lganimda, qo‘l ostimdagi barcha mablag‘larni Ngolo Kante xaridi uchun sarflagan bo‘lardim. Uni ulkan kelajak kutib turibdi. Ngoloda PSJga Chempionlar Ligasi bosh sovrinini taqdim etishga qodir bo‘lgan kuchli jihatlar mavjud. Bizga Messi va shu kabi futbolchilar emas, aynan Kante kerak", - dedi sobiq yarim himoyachi.
Frantsuz xavbekining "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.



Fikrlar