
PSJning ikki etakchi futbolchisi karantinga olindi
PSJning ikki futbolchisi – himoyachi Abdu Diallo va yarim himoyachi Marko Verrattining COVID-19ga topshirgan test natijalari musbat chiqdi.
Parijliklar rasmiy sayti ushbu ikki futbolchi koronavirusdan to‘liq sog‘aymagunicha karantinda bo‘lishini ma’lum qildi.
Diallo joriy mavsum 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 18 ta o‘yinda ishtirok etgan Verratti esa 2 ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar