
PSJning zarbasi “Barsa”ni kurashdan chiqardi
“Barselona” rahbariyati Ronald Kuman Kataloniyaga kelganidan beri kutayotgan futbolchi – Jorjino Veynaldum uchun kurashdan chiqdi.
“Liverpul” bilan yangi bitim imzolashdan bosh tortgan niderlandiyalik yarim himoyachi Kataloniyaga kelishi kutilgandi. “Barselona” mutasaddilari Veydaldum bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Biroq, PSJ chempion futbolchiga “Barsa”dan ikki baravar ko‘p maosh taklif qildi va Jorjino Parijga ko‘chib keladigan bo‘ldi. Kataloniyaliklar esa, o‘z taklifini o‘zgartirmasligini bildirmoqda.
30 yoshli futbolchi PSJ bilan 2024 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomani imzolashi qoldi xolos.
Jorjino Veynaldum “Liverpul”da besh yil to‘p tepib, jami 237 ta uchrashuv o‘tkazdi, 22 ta gol va 16 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Liverpulliklar bilan Angliya chempionati, Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bosh sovringa ega bo‘ldi.
Fikrlar