PSV Gakponi qachongacha olib qolmoqchi?

  • 30 noyabr, 2022, 19:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSV futbolchisi Kodi Gakpo Evropaning bir qancha klublar e’tiborida bo‘lib turibdi. Fabritsio Romano xabar berishicha, Niderlandiya klubi uni kelasi yilning yozigacha olib qolmoqchi. Biroq Jahon chempionatida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari futbolchini tezroq grand klubiga etaklaydi. “Manchester Yunayted” uning agenti bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Tecno

Futbolchining transfer narxi 45 million evro qilib belgilangan. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.

Gakpo Qatarda davom etayotgan mundialda Niderlandiya terma jamoasining gurux bosqichidagi barcha o‘yinlarida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!