Pulishich 2023 yilda AQShning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

  • 18.01.2024 21:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishich AQShda 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda Amerika terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Klub miqyosida Pulishich 2023 yilda "Chelsi" va "Milan"da o‘ynadi. Joriy mavsumni oladigan bo‘lsak, Kristian "rossonerilar" safida 26 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ayni damda uning jamoasi "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!