Pulishich "Milan"ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 28 iyun, 2023, 23:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" "Chelsi" futbolchisi Kristian Pulishichni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinmoqda. 23 yoshli vingerning o‘zi milanliklar safiga o‘tishga rozi bo‘ldi, deya xabar berdi "Sky Sports" nashri. Italiya klubi bu transferga 20 million evrodan ko‘p sarflamoqchi emas. 

Tecno

"Chelsi"ni tark etayotganlar safi kengayib boryapti. Pulishichdan tashqari Loftus-Chik ham "Milan"ga o‘tmoqda. Yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng, rasmiy xabar e’lon qilinadi. 

Ma’luot uchun, Pulishichni "aristokratlar" 2019 yilda "Borussiya"dan 64 million evro evaziga sotib olgan. Endilikda u jamoasiga 20 million foyda keltirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!