Pulishich: “Vaziyat o‘zgarishi mumkin”

  • 18 dekabr, 2022, 00:24
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh bilan mundial nimchorak finaligacha etib borgan Kristian Pulishich "Chelsi" ixtiyoriga borib qo‘shildi. Vinger “aristokratlar”dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

Men hozir bor e’tiborimni “Chelsi”ga qaratganman. Hamma narsa tez sodir bo‘ladi va vaziyat o‘zgarishi mumkin. Mashg‘ulotlarda yaxshilanishga harakat qilmoqdaman”, - dedi 24 yoshli futbolchi.

Pulishich mavsum so‘nggida “Chelsi”ni tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan. Hattoki u qishda ham jamoasini o‘zgartishi mumkin. Kristianning transferidagi muammo uning maoshida bo‘lib turibdi, deya xabar bergandi “The Atletic” nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!