
Pulishichga Frantsiyadan taklif bor
Mazkur yozda "Chelsi"ni tark etishi kutilayotgan Kristian Pulishichning keyingi manzili hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. Unga Italiya klublar qiziqish birldirayotgandi. Shu bilan birga, "Lion" ham vingerni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda, deya xabar berdi "L'Equipe" nashri.
Ayni damga kelib, aristokratlardan ketayotgan futbolchilar soni ortib bormoqda. Ularning ko‘pchiligi Saudiya Arabistoniga yo‘l olishni tanladi. Ammo Kristianga ushbu chempionatdan taklif bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Pulishich 2019 yilda "Borussiya"dan 64 million evro evaziga sotib olingan. Uning ayni damdagi "Transfermarket" portalidagi narxi 32 million evroga teng bo‘lib turibdi.
Fikrlar