
Pxyonchxan-2018: AQSh terma jamoasida dastlabki oltin medal
Pxyonchxa Olimpiadasining ikkinchi kun bellashuvlarida dastlabki medallar jamg‘armasining egalari aniqlandi.
Erkaklar o‘rtasida snoubordning slopstayl yo‘nalishida kechgan bellashuvlar qizg‘in kechib, unda amerikalik sportchi Redmond Jerard o‘z terma jamoasi hisobiga musobaqadagi ilk oltin medalni olib keldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Kanada terma jamoasi vakillari Maks Perrot hamda Mark Makmorrisga nasib etdi.
Pxyonchxan-2018. Snoubord.
Slopstayl, erkaklar.
1. Redmond Jerard (AQSh)
2. Maks Perrot (Kanada)
3. Mark Makmorris (Kanada)
Fikrlar