Pyanich uchun "Real", PSJ va "Manchester Siti" da’vogarlik qilmoqda

  • 15 may, 2019, 20:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" xavbeki Miralem Pyanich "Real", PSJ va "Manchester Siti"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra yuqorida nomlari tilga olingan klublar 29 yoshli bosniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishadi. “Keksa sinora” esa ushbu futbolchisini 100 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Pyanich joriy mavsum “Yuventus” safida jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol va 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!