Qanday qilib 2 ta Iguain bir jamoada to‘p surishi mumkin?

  • 19 may, 2020, 21:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning "Di Si Yunayted" klubi "Yuventus" forvardi Gonsalo Iguainni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, argentinalik futbolchi "Di Si Yunayted" safida "Derbi Kaunti"ga ketgan Ueynu Runi o‘rnini egallashi mumkin. Qayd etish lozimki, ushbu jamoada Iguainning akasi Federiko ham to‘p suradi.

32 yoshli Gonsalo joriy mavsum “Yuventus” safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

35 yoshli Federiko esa "Di Si Yunayted" safiga joriy yilning mart oyida ko‘chib o‘tdi. U bungacha "River Pleyt", "Nuevu Chikago", "Beshiktosh", "Amerika", "Independente", "Godoy Krus", "Kolon" va "Kolambus" klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!