CHERY AUTO

Bugun SPORTS.uz saytida "Chelsi"ning rossiyalik sport direktori, muzokaralar ustasi Marina Granovskaya haqida ma’lumotlar olish imkoniga egasiz.

Bu ayol "Chelsi" muxlislarining hurmatiga sazovor bo‘lgan, u APL yulduzlari tomonidan qadrlanadi.

Marina bunday munosabatga jahon miqyosidagi haqiqiy menejerlik kasbi bilan erishgan.

Granovskaya "Chelsi"ni ancha vaqtdan buyon boshqarib kelmoqda. Gaya Lourens va Evgeniy Tenenbaum kabi direktorlar haqida ko‘pchilik bilmasligi mumkin, ammo futbol olamida ajoyib sxema yaratgan Marina Vladimirovnani yaxshi bilishadi. "Chelsi"da tajribali skaut Skott Maklaxan bor va uning nomzodlaridan ko‘ra, Marina tanlagan futbolchilar jamoaga ko‘proq foyda keltirgan. Futbol olamida taniqli ayollar juda kam, bunga minglab sabablarni keltirish mumkin, biroq bu ayollarga futbolda o‘rin yo‘q, degani emas. Hammasi professionallikka bog‘liq. Klubning darvozabon xarid qilish masalasi bo‘yicha rus ayoli Alisson nomzodini tanlagan edi, ammo "Liverpul" tezroq ishladi. Kepaga keladigan bo‘lsak, yuqori darajada o‘yin ko‘rsata olmasligiga uning o‘zi aybdor, chunki unda iste’dod va mahorat etarli edi.

91365529

Ammo Verner, Ziesh, Chiluell va Tiago Silva kabi futbolchilar London klubi uchun muvaffaqiyat kaliti bo‘lishi mumkin. Demak, Granovskayani bekordan-bekor "oq qarg‘a" deyishmaydi. Granovskaya Vernerni "Liverpul"dan ilib ketdi va bu Kloppning g‘azabiga sabab bo‘ldi. So‘ngra, Ziesh, Chiluell, Sarr va Tiago Silvani Londonga olib kelishni uddaladi. Shuningdek, APLda quruq o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi Petr Chexning o‘rnini bosish uchun faol ravishda darvozabon izladi. Marinaning bu say-harakatlari evaziga Eduar Mendi londonliklar tarkibini to‘ldirdi va asosiy darvozabonga aylanib ulgurdi. "Chelsi" direktori Kay Xavertsning transferi borasida "Bayer" bilan uzoq muzokara olib bordi va o‘z ishini mukammal bajardi. Nemis klubi avvaliga futbolchini 100 (80+10+10) mln evroga qo‘yib yuborishi haqida xabarlar tarqalgandi, "ko‘klar" esa qaysarlik bilan 80 mln evrodan ko‘tarilmadi. Bir payt, muzokaralar deyarli to‘xtab ham qolgandi. Marina professionallarcha ish tutdi, shunchaki, kutdi. "Bayer" Kayni sotishni va yaxshigina pul ishlashni maqsad qilgandi, biroq yakunda baribir 80 mln evroga (bonuslar bilan birga) rozi bo‘ldi. Bravo, Granovskaya!

9af41af53b312ca46dc2711e53d49c42

Marina orqali "Chelsi"ga kelgan Jorjino, Kovachich va Pulishich allaqachon jamoaning muhim o‘yinchilariga aylangan. Rus ayolining "Manchester Yunayted", "Nyukasl" yoki "Manchester Siti"ning menejerlaridan farqi shundaki, u jamoa futbolchilari va skautlariga qanday yashashni o‘rgatmaydi, muzokaralarda Chex va Lempardning qarorlarini birinchi o‘ringa chiqaradi.

Albatta, uning ayol kishi ekanligi muzokaralarda foyda keltiradi. Tashqi qiyofa va go‘zallik samimiy suhbatning bosh sababidir.

Dastlab, Marina "Chelsi"ga yangi kelgan futbolchilarning taqdimot marosimida suratlarga tushardi. U barchaning nigohida "aristokratik" ko‘rinishga ega bo‘lgan chiroyli bir ayol edi. Vaqtlar o‘tib, u ishbilarmonlik obro‘siga ega bo‘ldi, hatto Marinani Mourino singari qaysar insonlar ham o‘z kasbining eng yaxshilari qatoriga kiritadi. "Chelsi" menejeri APLdagi yagona ishbilarmon ayol hisoblanadi. U klubni nafaqat bosh og‘riq ishlardan halos etdi, balki moliyaviy buzilishlarni o‘z yo‘liga solib, transferlar oynasi uchun kuchli asos yarata oldi.

5ee10c0d85f540118b3a7bcc

Ehtimol, Marina Vladimirovna jahon futbolidagi eng nufuzli ayoldir. U 7 yildan beri London klubini boshqarib kelmoqda (Abramovich bilan jamoada 17 yildan beri ishlaydi). Granovskayaning 2020 yilda erishgan yutuqlari nafaqat Lempardni, balki butun "Chelsi" muxlislarini quvontirdi. Uni APLda qattiq xurmat qilishadi, u haqida butun dunyoda yozishadi.

Bundan kelib chiqib, Marina jahon futbolining asosiy rus yulduzi, desak bo‘laveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!