JCh–2026 pley-off uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi. Juftliklar bilan tanishing
Bugun Tsyurix shahrida Jahon chempionati–2026 saralash bosqichining pley-off uchrashuvlari uchun qur’a tashlandi.
Evropa pley-off bosqichida qatnashadigan jamoalar quyidagilardir: Italiya, Ukraina, Kosovo, Polsha, Daniya, Turkiya, Uels, Slovakiya, Chexiya, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina hamda Irlandiya. Ushbu jamoalar o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Shuningdek, Millatlar ligasida eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega to‘rt jamoa – Rumyniya, Shvetsiya, Shimoliy Irlandiya va Shimoliy Makedoniya ham pley-offda ishtirok etadi.
Jami 16 jamoa to‘rtta pley-off yo‘liga ajratildi. Har bir yo‘lda to‘rttadan jamoa ishtirok etadi. Pley-off bosqichi yarim final (bir o‘yin) va final (bir o‘yin) formatlarida o‘tkaziladi.
Aynan shu uchrashuvlar Evropa qit’asidan Jahon chempionati–2026ning so‘nggi to‘rt ishtirokchisini aniqlab beradi.
Juftliklar bilan tanishing.




Fikrlar