
Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yindagi hakamlikni tanqid qildi
Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Urmat Abduqaimov "CAFA" turniridagi, ayniqsa O‘zbekistonga (0:4) qarshi bellashuvdagi hakamlikni tanqid qildi.
Valeriy Kichinga ko‘rsatilgan qizil kartochka haqida:
- Bilasizmi, men hamma narsani tushunaman. Biz Markaziy Osiyo davlatlarimiz va mentalitetimiz bir. Bu qarorlarning sababini ham bilaman. Sababi, bizning mentalitet.
- VAR hakamga boshqacha qaror taklif qildi. O‘zim ham futbol o‘ynaganman va u qizil kartochkaga loyiq emasdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi "CAFA" turnirida Qirg‘iz Respublikasini 4:0 hisobida taslim etdi. Bellashuvning 45+1-daqiqasida Kichin qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Fikrlar