
"Qizilqum" — "Qo‘qon-1912" bahsi translyatsiya qilinmaydimi?
Coca Cola Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi kerak edi. Ammo, kanal ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ushbu uchrashuvdan translyatsiya amalga oshirilmasligini ma’lum qildi.
"Navoiy shahridagi “Yoshlar sport markazi” stadioni hududida koronavirusdan davolash markazi tashkil etilganligi sababli bugun dasturimizdan o‘rin olgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi doirasidagi “Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” jamoalari uchrashuvini translyatsiya qilishning imkoni bo‘lmaganini ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar