
Qo‘l jangi: Gulira’no Shakirova xalqaro turnir g‘olibi!
11-14 may kunlari Rossiyaning Ufa shahrida o‘smirlar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha Evrosiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan, Andijonning "Jahon club" vakillari g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.
Jumladan, Jahongir Asronov shogirdlaridan Gulira’no Shakirova 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi. Muhammadrizo Mamajonov shohsupaning 2- pog‘onasidan o‘rin olgan bo‘lsa, Abdurahmon Shavkatov turnirning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar