"Qo‘qon-1912" jamoasini qaysi futbolchilar tark etdi?

  • 6 yanvar, 2023, 15:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yilgi mavsumni Pro-ligada o‘tkazadigan “Qo‘qon-1912” jamoasi kechadan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Kechagi mashg‘ulotlarda 15 nafar futbolchilar ishtirok etishdi. Bugun yana jamoa tarkibiga futbolchilar kelib qo‘shiladi.

Tecno

O‘tgan mavsum yakunidan so‘ng quyidagi futbolchilar rasman jamoani tark etgan. Ivan Yosovich, Slavko Lukich, Shohnazar Norbekov, Oybek Rustamov, Javohir Sidiqov, Quvondiq Ro‘ziev, San’at Shixov, Dilshod Rahmatullaev hamda Bilolxon Toshmirzaevlar yangi mavsumni boshqa jamoalarda boshlaydi.

Jamoa asosiy tarkibining qolgan futbolchilari bilan shartnomalar muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Davron Fayziev boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi futbolchilarni ham jamoa tarkibiga jalb qiladi. Bu borada ham izlanishlar davom etmoqda.

 

Manba: "Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!