"Qo‘qon-1912" Termizda oxirgi marta qachon g‘alaba qozonganini bilasizmi?

  • 19.10.2020 19:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca-Sola Superliganing 19-turida Termizning “Surxon” klubi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” bilan kuch sinashgan holda raqibiga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Birinchi davrada Qo‘qonda o‘tkazilgan uchrashuvda maydon egalari ushbu raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urgan holda uch ochkoni qo‘lga kiritgandi. E’tiborlisi, mazkur jamoalarning oxirgi uchta uchrashuvidan beri qo‘qonliklar g‘alaba qozonmoqda. O‘tgan yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan bahsda ham vodiyliklarning qo‘li baland kelgandi – 2:1.

Mazkur klublarning chempionatimiz doirasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlar ekanmiz, unda qo‘qonliklar Termizda oxirgi marta 1999 yili g‘alaba qozonganini aytish mumkin. O‘shanda mehmonlar 2:3 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Shundan beri termizliklar o‘z maydonida ushbu raqibiga imkoniyat qoldirmayotgandi. Oradan 21 yil o‘tganidan keyin Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa “Surxon” maydonidan uch ochko bilan qaytishning uddasidan chiqdi.

Yana bir gap: ayni paytda chempionatimizda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoa ham “Surxon” bo‘lib turibdi. Ular 19 ta o‘yinning 13 tasida raqiblariga imkoniyatni boy berishdi va turnir jadvalida 12 ochko bilan 13-o‘ringa tushib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!