"Qo‘qon-1912" ustozi: "O‘yindan avval bizga qiyin bo‘lishini bilgandik"

  • 9 avgust, 2023, 00:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mash’al” – “Qo‘qon-1912” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Tecno

- Ko‘rdinglar, haqiqiy tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Uchrashuvdan oldin bizga qiyin bo‘lishini bilardik. O‘yinni ertaroq boshlaganimiz va havoning issiqligidan biroz xavotirimiz bor edi. Lekni biz o‘ylagandan yaxshi bo‘ldi. “Mash’al”da bosh murabbiy o‘zgardi. Tajribali mutaxassis Asror Aliqulov “Mash’al”ga keldi. Shunga yarasha tayyorlangandik. Xudoga shukr, o‘ylagan maqsadimizga etdik.

- Hakamlik haqida fikr bildira olasizmi?

- Bir marta hakamlar haqida gapirdim. Boshqa ular xususida gapirmayman. Hakamlar yosh. Uyimizda ham, safardagi uchrashuvlarda ham ko‘ryapman, xato qildimi, indamayman. Men noto‘g‘ri narsa ko‘rmadim. Hakamlar yosh kelajagi bor, omadini bersin. O‘yinni to‘g‘ri boshqarishdi, deb o‘ylayman.

- Zaxiradan maydonga tushirgan futbolchingizni yana zaxiraga oldingiz...

- O‘tgan safar uydagi o‘yinda ham zaxiradan tushgandi, yana zaxiraga oldim. Nimaga? Isoqjonovni jarohati bor edi. Bugun ham echinish xonasida shifokorimiz unga ukol qilib maydonga tushiryapti. Bu bolani tezligi bor, yaxshi sifatlari bor. Ko‘rdinglar, jarohati to‘liq o‘ynashga imkon bermadi. O‘zi ham oyog‘i og‘riyotganini aytdi va almashtirdik. O‘rniga Beshimov tushdi va yaxshi taassurot qoldirdi.

- Darvozaboningizga ko‘p e’tiroz bildirdingiz...

- Darvozabonimiz yaxshi, yomon emas. Bizda ikkita bir xil posbon bor. Elkasida jarohati bor, almashtirishimiz ham mumkin edi. Jarohati biroz xalaqit qilib turdi. Ammo oxirigacha turdi, xarakterini ko‘rsatdi. Xursandmiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!