"Qo‘qon-1912"ga nima bo‘lyapti yoxud rahbariyat navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi

  • 1 iyul, 00:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasining bazasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, unda jamoa bosh direktori Akramjon Mamadaliev, jamoa rahbariyati, murabbiylar va futbolchilar ishtirok etdi. Yig‘ilishning bosh maqsadi jamoaning so‘nggi vaqtdagi qoniqarsiz natijalari haqida bo‘ldi.

Yig‘ilishda klub bosh direktori Akramjon Mamadaliev so‘zga chiqdi va jamoaning hozirgi holatidan na rahbariyatning, na muxlislarning ko‘ngli to‘layotganini ma’lum qildi. So‘nggi tur o‘yinlarida yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik etishmayotgaligi, satandart vaziyatlardan samarali foydalana olmayogani va uchrashuvlarda futbolchilarning so‘nggi daqiqalarda charchab qolayotgani haqida fikr yuritildi. Mavsum boshida ko‘rsatilgan shiddatli o‘yin so‘nggi turlarga kelib sustlashganligi haqida ham gapirildi. 

"Qo‘qon-1912" klubi o‘zbek futbolida katta o‘ringa ega ekanligini, bu jamoa libosini kiyish katta ma’suliyat talab qilishi, jamoaning bunday natija ko‘rsatishi "Qo‘qon-1912" klubiga umuman yarashmasligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida rahbar jamoa  vakillariga, murabbiylar va xodimlarning barchasi maksimal tarzda jamoa uchun ishlashlari kerakligini ma’lum qildilar. 

Yig‘ilishning so‘nggida jamoadan birinchi davraning so‘nggi uchrashuvida to‘liq tayyor holda bo‘lishlarini va Jizzaxdan faqat g‘alaba bilan qaytish kerakligini ta’kidladilar. 

Murabbiylar shtabi va futbolchilar ham hozirgi holatdan chiqib ketish uchun maksimal harakat qilishlarini ta’kidlardilar. Ular ham bo‘lajak uchrashuvda g‘alaba qozonib, muxlislar va rahbariyat oldida yuzlari yorug‘ bo‘lish uchun ter to‘kishlarini ma’lum qildilar.

Shu tariqa, navbatdan tashqari yig‘ilish yakunlandi. Yig‘ilish so‘nggida klub rahbari Akramjon Mamadaliev "So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuvda jamoamiz futbolchilariga omad tiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!