"Qo‘qon-1912"ga qaytgan darvozabon qanday fikrda?

  • 20 dekabr, 2023, 21:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasiga qaytgan darvozabon Islom Abdullaev klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Avvalambor Assalomu alaykum, hammaga kirib kelayotgan yangi yil muborak bo‘lsin. O‘tgan yilgi mavsumda «Qo‘qon-1912» jamoasining o‘yinlarini imkonim boricha to‘liq ko‘rishga harakat qildim. Menimcha, jamoaga ozgina omad etishmadi.

Legionerlik faoliyati haqida...

Bir yil davomida legioner bo‘lib o‘ynash nasib etdi, bunga Yaratgandan minnatdorman. Borgan jamoamga qo‘limdan kelganicha yordam berishga harakat qildim. Menimcha, murabbiylar ishonchini oqladik, deb o‘ylayman.

Nega aynan «Qo‘qon-1912» jamoasi...

«Qo‘qon-1912» jamoasiga qaytishimdan avval Qirg‘iz Respublikasidan ham takliflar bo‘ldi, biroq «Qo‘qon-1912» jamoasidan yana taklif tushganidan so‘ng ikkilanmasdan jamoaga qaytishga qaror qilim. Jamoaga qaytishimga klub rahbari va murabbiylari katta o‘rin tutishdi. Ular menga ishonch bildirishganidan xursandman. Xudo xohlasa, ularni ishonchlarini oqlayman, degan umiddaman. «Qo‘qon-1912» jamoasiga qaytishimdan asosiy maqsad klubning kelajagiga ishonchim bo‘ldi. Shu sababli ham jamoa bilan uch yillik shartnoma imzoladim. Xudo xohlasa, kelasi yil Pro liga g‘olibi bo‘lib Superligaga qaytamiz.

Muxlislar haqida...

Ularni birinchi navbatda yangi yil bilan tabriklab qolaman. Muxlislarni qattiq hurmat qilaman. Men klubga ilk bor 2012 yilda kelgan bo‘lsam, ular doim maksimal darajada bizni qo‘llab turishgan. Ba’zi odamlar eng zo‘r muxlislik Namangan yoki Andijonda deyishlari mumkin, biroq bizning muxlislar dunyodagi eng zo‘ri. Xudo xohlasa, birgalikda kelasi yil Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!