
"Qo‘qon-1912"ning pro liga klubiga qarshi o‘yinida 7 ta gol urildi
Bugun "Qo‘qon-1912" jamaosi FIFA kunlaridan unumli foydalangan holda nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Jamoa a’zolari Pro liga vakili "FarDU"ga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda Bahrom Haydarov tarkibdagi deyarli barcha futbolchilardan foydalandi va har biriga ma’lum muddat o‘ynash imkoniyatini taqdim etdi.
Uchrashuvga kelsak, bahs juda shiddatli va gollarga bor o‘tdi. Bahsda "Qo‘qon-1912" farg‘onaliklarni 4:3 hisobida taslim etdi.
O‘yinda Shahzod Beshimov dubl qayd etgan bo‘lsa, Muhammadanas Hasanov va Ibrohimjon Muxtorov bittadan gol urishga erishdi.
Fikrlar