Qo‘qon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

CHERY AUTO

Joriy yilning 25-27 may kunlari Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun ilk bor “Qo‘qon va sport” shiori ostida belbog‘li kurash bo‘yicha 2005-2006 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Qo‘qon shahrida joylashgan Muqimiy nomidagi istirohat va madaniyat bog‘ida o‘tkaziladigan mazkur jahon chempionatida Rossiya, Mug‘uliston, Ozarbayjon, Belarus, Isroil, Gruziya, Hindiston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan 300 nafarga yaqin eng sara polvonlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu jahon chempionati O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Jahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi (JBKA), Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona viloyati prokraturasi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Farg‘ona viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar ko‘magida o‘tkaziladi. 

Qo‘qon shahri mezbonlik qiladigan ushbu ilk jahon chempionatida belbog‘li kurash qoidalariga ko‘ra, belbog‘li kurash bo‘yicha o‘g‘il bolalar - 42, - 45, - 50, - 55, - 60, - 65, - 71, - 77 , - 85, - 95, + 95 kg. vazn toifalarida kuch sinashishsa, qizlar - 44, - 48, - 52, - 57, -63, - 70, +70 kg. vaznlarda g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

“Qo‘qon va sport” shiori ostida o‘tadigan jahon chempionatining umumiy mukofot jamg‘armasi 216 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!