Qo‘zg‘olon bostirildi! Superliga o‘z faoliyatini tugatdi

  • 21.04.2021 04:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun, 20 aprel kuni Evropa Superligasi loyihasi hatto boshlanmasdan o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Barcha 12 tashkilotchi klublar musobaqa g‘oyasini bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Superliga klublari rahbarlari 20 aprel kuni o‘zaro tezkor yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda loyihani to‘xtatishga qaror qilingan.

Superligada "Real", "Barselona", "Atletiko", "Yuventus", "Inter", "Milan", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" klublari ishtirok etishga rozilik bildirgan edi.

Superliganing rahbari etib “Real” prezidenti Florentino Peres tayinlangan edi. Musobaqa avgust oyida boshlanishi rejalashtirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
21/04/2021 09:48
Энди навбат Осийогадур балки бизда хам муамолар кўпайиб шунга ўхшаш холат бўлса бизда хам шундай қўзголон кўтаргани осийоликларни гоялари пухта мукамал режалари бормикан?