Qozog‘istonda ikki legionerimiz bir-biriga qarshi maydonga chiqadi

  • 9 aprel, 2022, 13:26
  • 0
  • Futbol

Bugun Qozog‘iston chempionatida 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Unda ikki hamyurtimiz to‘p tepadigan "Ordabasi" va "Tobol" jamoalari o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritadi. Odilbek Abdumajidov harakat qiladigan "Ordabasi" Igor Sergeev to‘p tepadigan "Tobol" klubini o‘z uyida qabul qiladi. 

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Ordabasi" ayni payt turnir jadvalida 4 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. "Tobol" hisobida 10 ochko mavjud bo‘lib, jamoa hozircha chempionatda etakchilik qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!