Qozog‘istonning braziliyalik murabbiyi o‘zbeklarga murojaat qildi

  • 16 sentabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimiz mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida Qozog‘iston terma jamoasi Ispaniya futzalchilari bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Bellashuvdan keyin Qozog‘iston terma jamoasining braziliyalik bosh murabbiyi Paulo Rikardo Kaka o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Men natijadan noroziman. Biz bu erga g‘alaba uchun kelgandik. Men yigitlar murakkab vaziyatdan chiqib, o‘yinni qutqarib qolishganidan faxrlanaman. Bunaqa shogirdlarim borligi omadim.

O‘zbekistonning butun  xalqiga  alohida minnatdorlik bildirishni istayman. Biz o‘zimizni uydagidek his qildik. Bir birimizni qo‘llab-quvvatlayapmiz.

Men yigitlarga tribunaga kelib, O‘zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilishimni aytdim, - dedi Paulo Rikardo Kaka.

Qozog‘iston terma jamoasi guruhda Liviya va Yangi Zelandiya futzalchilari bilan ham kuch sinashadi.

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan jahon chempionati 6 oktyabrga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!