
Rabo Mbappening holati haqida gapirdi
"Evro-2024"ning birinchi turidan o‘rin olgan Avstriya - Frantsiya uchrashuvida Desham shogirdlari minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona gol birinchi taym so‘nggida urildi. Sariq kartochka olgan Vyober o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Bellashuv yakunlanishi arafasida frantsuzlar etakchisi Kilian Mbappe burnidan jarohat oldi. Yarim himoyachi Rabo sherigining holati haqida fikr bildirdi:
- Mbappeda hammasi joyida. U 3-turga qadar tayyor bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Qayd etish lozim, Frantsiya terma jamoasi keyingi turda Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi. 3-turda esa ularni Polshaga qarshi bellashuv kutib turibdi.
Fikrlar