
Rafael Nadal chorak final ostonasida turibdi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi davrasida hamyurti Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqdi.
Mazkur o‘yinda Nadal raqibini 6:1, 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, to‘rtinchi davra yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, R.Nadal Melburn shahrida o‘tayotgan musobaqaning to‘rtinchi bosqichida avstraliyalik Nik Kirgios yoki rossiyalik Karen Xachanovga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar