
Rafinya APLga qaytishi mumkin!
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Rafinya Diasga birdaniga ikki ingliz klubi qiziqib qoldi.
Jurnalist Aleks Pintanelning so‘zlariga ko‘ra, Londonning "Tottenhem"i va Albionning boshqa bir nomi oshkor etilmagan klubi braziliyalikning agenti bilan bog‘langan. APL Rafinya uchun begona emas. U "Barsa"ga "Lids"dan o‘tgan edi.
Futbolchining o‘zi ham "Barselona"da qolmoqchi emas. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ham bunga qarshi emas boshqa klublar takliflarini o‘rganishga tayyor. "Transfermarkt" portali 27 yoshli vingerni 50 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsum Dias La Ligada 15 uchrashuvda qatnashib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar