Ramos faoliyatini yakunlagach nima qilmoqchi?

  • 23 avgust, 2019, 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” Madrid klubi sardori Serxio Ramos futbolchilik faoliyatini yakunlagach nimalar bilan shug‘ullanmoqchiligini aytdi.

“Yana bir necha yil “Real”da bo‘lishni xohlayman. Hozir futboldan zavqlanyapman. Men juda ko‘p vaqtimni mashg‘ulotlarga ajrataman va atrofimga eng zo‘r jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiylarni to‘playman.

Men o‘zimni “Real” va terma jamoa etakchisi sifatida ko‘raman. Ular bilan sovrin yutishni xohlayman.

Faoliyatimni yakunlagach murabbiy bo‘lishim mumkinligini inkor etmayman”, - deydi Ramos.

Ma’lumot uchun, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!