Ramos: Mourino? U meni o‘yinimni o‘zgartirmagan
Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos hozirda “Manchester Yunayted”da ishlayotgan Joze Mourinoning ishlariga baho berdi.
“Mourino mening faoliyatimni o‘zgartirdi deb o‘ylamayman. To‘g‘ri, men unda ko‘p narsalarni o‘rgangaman. Biroq har bir murabbiydan nimanidir olsa bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham ertangi o‘yin Mourino – Ramos to‘qnashuvi emas, “Real” – MYu qarama-qarshiligi bo‘ladi.
Mourino va Zidan – buyuk murabbiylar. Farqi? Zidanning o‘z ham futbolchi bo‘lgan va bu unga qandaydir ustunlik beradi”, – deb aytib o‘tdi madridliklar sardori.
Fikrlar