
Raqib Gvardiola so‘ragan himoyachini bermayapti
“Manchester Siti” qishki va yozgi transferlar davrida bir necha futbolchilarni transfer qilganiga qaramay, o‘ng qanot himoyachi jamoaning eng nozik nuqtasi bo‘lib qolmoqda.
Xosep Gvardiola bu pozitsiyaga Tino Livramentoni ko‘zlagan edi. Lekin angliyalik himoyachini olishning imkoni bo‘lmadi.
Keyinroq manchesterlik skautlar “Chelsi”ning o‘ng qanot himoyachisi Josh Achimpongga e’tibor qaratdi. “Shaharliklar”ning 19 yoshli o‘yinchi bo‘yicha so‘rovi qanoatlantirilmadi.
Guardian Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Chelsi” rahbariyati “Manchester Siti”, “Bornmut” va “Nyukasl” kabi da’vogarlarga Josh Achimpong sotilmasligini aytgan.
Hozir “Manchester Siti”ning o‘ng qanot himoyasida Mateus Nunes va Riko Lyuis bor. Biroq ularning hech biri haqiqiy qanot himoyachisi emas. Angliyalik ekspertlar Xosep Gvardiola yangi mavsumda o‘ng qanot himoyasida Abduqodir Husanovni o‘ynatishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Aslida markaziy himoyachi bo‘lgan o‘zbek futbolchisi Evropa Chempionlar ligasida “Real” va kluar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Al-ayn”ga qarshi uchrashuvlarda o‘ng qanotda juda ishonchli harakat qildi.
Fikrlar