Raqib murabbiyi futbolchining uchta tishi urib sindirganidan keyin o‘yin to‘xtatib qo‘yildi

  • 13.09.2026 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Niderlandiya chempionatining uchinchi divizionidagi navbatdagi tur uchrashuvi maydonda emas, trubina ichkarisiga kiradigan yo‘lakda sodir bo‘lgan janjal tufayli oxiriga yetmay qoldi. 

Byunshoten shahrida o‘tkazilgan “Eysselmervogels” – GVVV uchrashuvi taym orasida to‘xtatib qo‘yildi. Sabab – maydon egalari himoyachisi Kyeromo Dyumayga qilingan hujum. De Gelderlander nashri yozishicha, futbolchi yuziga zarba olgan, natijada uning uchta tishi orqaga siljib ketgan.

O‘yin Niderlandiya chempionatining uchinchi kuchli divizioni beshinchi turidan o‘rin olgan bo‘lib, Utrext provinsiyasidagi mintaqaviy derbi maqomiga ega edi. Birinchi bo‘lim GVVV jamoasi foydasiga 0:2 hisobida yakunlangan, hodisa esa futbolchilar kiyinish xonasi tomon yo‘l olgan paytda hududida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbadan so‘ng Dyumayning uchta tishi shikastlangan va o‘rnidan siljib ketgan. Shu voqeadan keyin “Eysselmervogels” futbolchilari maydonga qaytishdan bosh tortgan va o‘yin davom ettirilmagan.

RTV Utrecht xabariga ko‘ra, keskinlik birinchi bo‘lim davomidayoq sezila boshlangan, ammo mojaro sababi hali aniq emas. “Eysselmervogels” bosh murabbiyi Villem Leyshuyisning aytishicha, Dyumay unga hujum qilgan shaxs sifatida GVVV bosh murabbiyi yordamchisi Yon van Bekeringni ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, Venendal shahi klubi o‘z rasmiy saytida voqeani keskin qorab, barcha holatlar to‘liq o‘rganilgandan so‘ng intizomiy choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Jabrlanuvchi futbolchi shifoxonaga murojaat qilgan va politsiyaga ariza yozgan. “Eysselmervogels” klubi murojaatidan so‘ng huquqni muhofaza qilish organlari stadionga yetib kelgan.

Politsiya xodimlari va klub vakillariga tribunallardagi vaziyatni ham nazorat qilishga to‘g‘ri kelgan – ikki jamoa muxlislari o‘rtasida tortishuv va tartibsizliklar kuzatilgan. Shu bilan birga, hech kim qo‘lga olinmagani ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli himoyachi Kyeromo Dyumay 2026 yil yozida GVVV klubidan “Eysselmervogels” safiga o‘tgan. U 2022 yildan beri GVVV tarkibida o‘ynab kelayotgan edi. Yakunlanmay qolgan uchrashuv esa uning sobiq jamoasiga qarshi ilk o‘yini bo‘lishi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!