Raqib – Yevrokubok ishtirokchisi va o‘zbek klubi!

  • 04.01.2026 11:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘iston Premier-ligasi ishtirokchisi “Aktobe” jamoasi Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari davomida yettita jamoaga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazadi.

Futbolga oid manbalarning ma’lum qilishicha, “Aktobe” xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi ilk uchrashuvini Yevropa Ligasida to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan klubga qarshi o‘tkazadi. Gap Chexiyaning “Banik” jamoasi haqida ketmoqda.

Bu yanvar oyidagi yagona nazorat uchrashuvi emas. “Aktobe” bu oyda Bolqon mintaqasining ikki jamoasi – Kosovoning “Gilyani” va Chernogoriyaning “Mornar” klublari futbolchilar bilan maydonda to‘qnash keladi.

“Aktoе” fevral oyida Rossiyaning “Rotor”, “Ufa” va “Sochi” kabi jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, qozog‘istonliklar fevral oyida O‘zbekistonning “Navbahor” jamoasi bilan ham kuch sinashadi.

Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy Nikolay Kostov rahbarligida “Aktobe”ning birinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 10 yanvar kuni boshlab, 29 yanvargacha davom etadi.

Qozog‘istonlik muxlislarni ko‘proq qiziqtirayotan “Navbahor” O‘zbekiston chempioni (1996 yil), shuningdek O‘zbekiston Kubogining uch karra sohibi hisoblanadi (1992, 1995, 1998 yillar). Namanganliklar o‘tgan chempionatni yettinchi o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!